Work

Shaxsning Individual-psixologik Xususiyatlari: Temperament, Xarakter, Qobiliyat Va Iqtidorning O'zaro Bog'liqligi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada shaxsning individual-psixologik xususiyatlari bo'lgan temperament, xarakter, qobiliyat va iqtidorning nazariy asoslari hamda o'zaro munosabatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi insonning individual imkoniyatlarini anglash, uning xulq-atvori, faoliyat uslubi va ijodiy salohiyatini to'g'ri baholash zarurati bilan belgilanadi. Maqolada temperamentning fiziologik mexanizmlari Gippokrat va I.P. Pavlov qarashlari asosida yoritilib, xarakter shakllanishida ijtimoiy muhit va tarbiyaning o'rni ochib beriladi. Shuningdek, layoqat, umumiy va maxsus qobiliyatlar, iqtidor hamda iste'dod tushunchalarining mazmuni izohlanadi. Tahlil natijasida mazkur xususiyatlar alohida psixologik hodisalar bo'lishiga qaramay, shaxs faoliyatida yaxlit tizim sifatida namoyon bo'lishi asoslanadi. Ularning uyg'un rivojlanishi ta'lim, kasbiy yo'naltirish va shaxs kamoloti uchun muhim omil ekani ko'rsatib beriladi.
Language: English
Field: Psychology
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7237001140
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10