Axborot Nazariyasida Shannon Entropiyasi: Nazariy Asoslari, Xossalari Va Amaliy Qo'llanilishi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada axborot nazariyasining asosiy tushunchalari, axborot miqdori va entropiya tushunchalarining matematik mazmuni yoritilgan. Shuningdek, Klod Shannon tomonidan taklif etilgan axborot entropiyasining mohiyati, matematik xossalari hamda turli sohalardagi amaliy qo'llanilishi tahlil qilingan. Maqolada entropiyaning axborot noaniqligini miqdoriy baholashdagi o'rni va ehtimollik taqsimoti bilan bog'liqligi ko'rib chiqilgan. Shannon entropiyasining asosiy xossalari, jumladan, uning nomanfiyligi, eng katta qiymatga erishish sharti va ehtimolliklar teng taqsimlangandagi holati bayon etilgan. Entropiyani hisoblashga doir misollar orqali nazariy formulalarning amaliy qo'llanilishi ko'rsatilgan. Shuningdek, ikkilik entropiyaning ehtimollikka bog'liqligi jadval va grafik asosida tahlil qilingan. Keltirilgan hisoblash natijalari entropiya qiymatining axborot manbasidagi noaniqlik darajasini ifodalashini tushuntirishga xizmat qiladi. Maqolaning asosiy maqsadi Shannon entropiyasining nazariy asoslarini sodda matematik misollar orqali yoritish hamda uning axborot nazariyasidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
Language: English
Subfield: Artificial Intelligence
Field: Computer Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7237338599
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
