Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu ilmiy maqolada jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish hamda qiynoqlar va boshqa noqonuniy munosabatlarning oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, qamoqxonalarda inson huquqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat olib borishning milliy hamda xalqaro mexanizmlari, O‘zbekiston Respublikasi Ombudsmanining bu boradagi vakolatlari va amaliy faoliyati yoritiladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2024-yil 15-noyabrda qabul qilingan O‘RQ-1002-sonli Qonun, BMTning Nelson Mandela qoidalari va Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning Fakultativ protokoli qoidalari asosida ilmiy-huquqiy tahlil amalga oshiriladi. Monitoring faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ham ishlab chiqiladi.
Author: Diyora Murodovna Ro’ziyeva
Institution: Kimyo International University in Tashkent
Language: English
Topic: Ombudsman and Human Rights
Subfield: Law
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7237339949
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
