Akademik Erkinlik Va Ta'lim Muassasalari Avtonomiyasi: Konstitutsiyaviy-huquqiy Tahlili
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada akademik erkinlik va ta'lim muassasalari (xususan, oliy ta'lim tashkilotlari) avtonomiyasining konstitutsiyaviy-huquqiy tabiati, ularning o'zaro funksional bog'liqligi hamda xalqaro-huquqiy standartlar bilan uyg'unligi tadqiq etilgan. Tadqiqotda akademik erkinlikning individual (subyektiv konstitutsiyaviy huquq) va institutsional (ta'lim tashkilotining o'zini o'zi boshqarish kafolati) tarkibiy qismlari nazariy-huquqiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, 2023-yilda yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 51 va 53-moddalari, «Ta'lim to'g'risida»gi hamda «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida»gi qonunlar, shuningdek, oliy ta'lim muassasalariga akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik berishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar tizimli ravishda o'rganilgan. Tahlil natijasida konstitutsiyaviy normalar va amaldagi sohaviy qonunchilik o'rtasidagi ayrim normativ-huquqiy kolliziyalar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo'yicha ilmiyamaliy takliflar ilgari surilgan.
Language: English
Topic: Legal Issues in Education
Subfield: Law
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7237342833
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
