O'zbekiston Respublikasida Yo'l Harakati Xavfsizligini Ta'minlash Va Yo'l-transport Hodisalari Bilan Bog'liq Jinoyatlarning Oldini Olishning O'ziga Xos Tamoyillari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va yo'l-transport hodisalari bilan bog'liq jinoyatlarning oldini olishning kriminologik, huquqiy hamda tashkiliy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishga oid umumiy kriminologik yondashuvlarni yo'l harakati xavfsizligi sohasiga tatbiq etish masalalari, yo'l-transport hodisalarini keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf etishning ahamiyati yoritilgan. Muallif tomonidan yo'l-transport hodisalari bilan bog'liq jinoyatlarning oldini olishga xos bo'lgan hududiy, individual, tizimli, ilmiy asoslangan, ijtimoiy hamkorlik va inson hayoti ustuvorligi kabi tamoyillarni rivojlantirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
Author: Boboyorov, Jasur Marat o'g'li
Language: English
Topic: Traffic and Road Safety
Subfield: Safety, Risk, Reliability and Quality
Field: Engineering
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7237344440
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
