Globallashuv Sharoitida Tarixiy Geografiyaning Ahamiyati Va Kelajak Istiqbollari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda tarixiy geografiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, dolzarb ilmiy muammolari hamda kelajak istiqbollari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda Z. Sayidboboyevning tarixiy geografiya metodologiyasi hamda E. V. Rtveladze va A. S. Sagdullayev kabi olimlarning makon, hudud va kommunikatsiya yo'llari evolyutsiyasiga oid ilmiy yondashuvlariga tayanilgan. Globallashuv davrida transchegaraviy aloqalar, tarixiy savdo va madaniy yo'laklar, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek, geoaxborot tizimlari (GAT) hamda raqamli xaritalash usullarini tarixiy-geografik tadqiqotlarga tatbiq etish masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada hududiy o'zlikni saqlash, zamonaviy makoniy o'zgarishlarni o'tmish tajribasi bilan qiyoslash va fanlararo hamkorlikni kengaytirish tarixiy geografiyaning muhim istiqbolli yo'nalishlari sifatida asoslab berilgan.
Author: Nomozov, Jaloliddin
Language: English
Subfield: Geography, Planning and Development
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7237349111
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
