Qadimgi Baqtriya Va Soʻgʻdning Tarixiy-geografik Chegaralari Hamda Shaharsozlik Madaniyati
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu ilmiy maqolada antik va ilk oʻrta asrlar davrida Markaziy Osiyoning eng muhim tarixiy-madaniy oʻlkalaridan boʻlgan Qadimgi Baqtriya va Soʻgʻdning tarixiy-geografik chegaralari, tabiiy-geografik sharoiti, kommunikatsiya tizimi hamda shaharsozlik madaniyati keng va batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda Z. Sayidboboyevning tarixiy geografiya metodologiyasiga hamda E. V. Rtveladze, A. S. Sagdullayev, Ya. Gʻ. Gʻulomov va Sh. R. Pidayev kabi olimlarning arxeologik-geografik izlanishlariga tayanilgan. Antik yunon-rim mualliflari — Gerodot, Strabon, Arrian va Kvint Kursiy Ruf asarlari hamda Afrosiyob (Marokanda), Jarqoʻton, Dalvarzintepa, Kampirtepa va Yerqoʻrgʻon singari arxeologik yodgorliklar ma'lumotlari qiyosiy oʻrganilgan. Amudaryo (Oks), Zarafshon (Politimet) va Qashqadaryo havzalaridagi shahar markazlarining joylashuvi, Hisor va Zarafshon togʻlari oraligʻidagi Temir darvoza (Buzgalaxona) tabiiy-strategik darasi, shuningdek, sun'iy sugʻorish kanallarining shaharsozlik taraqqiyotidagi oʻrni aniq dalillar asosida yoritib berilgan. Maqola natijalari qadimgi oʻtroq vohalar madaniyatini va shaharlarning makoniy rivojlanishini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Author: Nomozov, Jaloliddin
Language: English
Topic: Eurasian Exchange Networks
Subfield: History
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7237360295
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
