Work

Ijtimoiy Menejmentda Kommunikativ Jarayonlar Va Raqamli Axborot Texnologiyalarini Qo‘llash Samaradorligi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada ijtimoiy menejmentdagi kommunikativ jarayonlar va raqamli axborot texnologiyalarini qo‘llash samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Xalqaro adabiyotlarning narrativ sharhi, O‘zbekistonning raqamli ijtimoiy xizmatlariga oid materiallarning kontent-tahlili hamda BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (EGDI) 2020–2024-yillardagi ko‘rsatkichlarini taqqoslash asosida raqamli vositalarning xizmatlardan foydalanish imkoniyati, mutaxassis va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik sifati, axloqiy xavflar hamda raqamli tengsizlikka ta’sirining asosiy yo‘nalishlari aniqlangan. O‘zbekistonning umumiy indeksi 20,0 % ga, telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi — 85,2 % ga o‘sgani, onlayn xizmatlar va elektron ishtirok indekslari esa mos ravishda 2,2 % va 13,7 % ga pasaygani ko‘rsatib berilgan. Ijtimoiy boshqaruvda raqamli kommunikatsiya samaradorligini oshirishning konseptual modeli taklif etilgan. Tadqiqot natijalaridan raqamli ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish va ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda foydalanish mumkin.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7237377969
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: