Maxsus Iqtisodiy Zonalar Va Texnoparklar Rezidentlarining Huquqiy Maqomi Va Imtiyozlari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada O'zbekiston Respublikasida maxsus iqtisodiy zonalar va texnoparklar rezidentlarining huquqiy maqomi, uni vujudga keltirish hamda bekor qilish asoslari, rezidentlarga beriladigan soliq, bojxona va tashkiliy preferensiyalar tahlil qilinadi. Qiyosiy-huquqiy, tizimli, formal-yuridik va mantiqiy tahlil usullari asosida maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi bilan texnopark rezidenti maqomining umumiy va farqli jihatlari ochib beriladi. 2026-yil noyabr holatidagi normativ-huquqiy baza, jumladan, "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 589-son qarori va 2026-yilgi soliq qonunchiligidagi o'zgarishlar o'rganiladi. Natijada rezident maqomi mustaqil tashkiliy-huquqiy shakl emas, balki qonunda belgilangan shartlar asosida yuridik shaxsga beriladigan maxsus huquqiy rejimdan foydalanish imkoniyati ekanligi asoslanadi hamda imtiyozlardan samarali foydalanish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Author: Usanov, Shohnazar Karamat o'g'li
Language: English
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7237585438
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
