Work

Deepfake Texnologiyalari Orqali Shaxs Huquqlarining Buzilishi Va Huquqiy Javobgarlik Masalalari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada sun'iy intellekt asosida yaratiluvchi deepfake texnologiyasining shaxs huquqlari va erkinliklariga ko'rsatadigan ta'siri huquqiy jihatdan tahlil etilgan. Unda deepfake turlarining ("yuzni almashtirish", "ovozni klonlash", "lablarni moslashtirish", sintetik tasvirlar) mohiyati va "yolg'onchi dividend" xavfi ochib berilib, shaxsning sha'ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro'si, tasvir va ovoz huquqi, shaxsiy hayot daxlsizligi hamda mulkiy manfaatlariga daxl qiluvchi holatlar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, O'zbekiston qonunchiligidagi mavjud tartibga solish mexanizmlari (Fuqarolik kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks, Jinoyat kodeksi hamda 2026-yilgi sun'iy intellektga oid qonunchilik o'zgarishlari) baholanib, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Xitoy va Janubiy Koreya tajribasi tahlil qilinadi. Yakunda milliy qonunchilikda deepfake tushunchasi va alohida javobgarlikni mustahkamlash, tasvir va ovoz huquqini belgilash, kontentni majburiy markirovkalash, platformalar mas'uliyatini oshirish hamda raqamli dalillarni tekshirish tartibini joriy etishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.
Language: English
Subfield: Law
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7237762644
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: