Kaufman Flomodiesi (phlomides Kaufmanniana (regel) Adylov, Kamelin Makhm. )o'simligining Biologik Xususiyatlari, Fitokimyoviy Tarkibi Va Farmakologik Istiqbollari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada Lamiaceae oilasiga mansub Phlomoides kaufmanniana (Regel) Adylov, Kamelin Makhm. o'simligining sistematik o'rni, morfologik belgilari, geografik tarqalishi, ekologik xususiyatlari va fitokimyoviy tarkibi bo'yicha mavjud ilmiy ma'lumotlar tahlil qilingan. O'simlik O'zbekistonning tog'li hududlarida tabiiy ravishda tarqalgan ko'p yillik tur hisoblanadi. Uning yer ustki qismida iridoidlar va fitosterollar, gullaridan olingan efir moyida esa turli sinflarga mansub uchuvchan birikmalar aniqlangan. Shuningdek, 2026-yilda chop etilgan tadqiqotda o'simlikning yer ustki qismi tarkibidagi aminokislotalar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi yordamida o'rganilgan. Adabiyotlar tahlili mazkur turning kimyoviy tarkibi bo'yicha muayyan ilmiy natijalar mavjudligini, biroq uning farmakologik xususiyatlari, toksikologik xavfsizligi va amaliy tibbiyotda qo'llanish imkoniyatlari hali qo'shimcha tadqiqotlarni talab qilishini ko'rsatadi. Maqolada kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun istiqbolli yo'nalishlar ham yoritilgan.
Author: Sovirova, Marjona Muzrab qizi
Language: English
Subfield: Plant Science
Domain: Life Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7237801765
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
