Work

Xalqaro Terrorizmning Xalqaro Jinoyat Sifatidagi Huquqiy Maqomi: Universal Va Milliy Yondashuvlar

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada xalqaro terrorizmning huquqiy tabiati, uning xalqaro jinoyatlar tizimidagi o‘rni hamda jinoiy javobgarlikni ta’minlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyalari, Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari, Rim statuti va O‘zbekiston qonunchiligi qiyosiy-huquqiy usulda o‘rganildi. Antonio Kassese va Ben Saulning terrorizm ta’rifiga doir yondashuvlari solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, terrorizmga qarshi universal shartnomaviy majburiyatlar shakllangan bo‘lsa-da, uning mustaqil xalqaro jinoyat sifatidagi umumiy huquqiy maqomi bahsli bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, ayrim terrorchilik qilmishlari zarur tarkibiy belgilar mavjud bo‘lganda insoniyatga qarshi jinoyat yoki harbiy jinoyat sifatida baholanishi mumkin. Muallif tushunchalarni aniqlashtirish, davlatlararo huquqiy yordamni kuchaytirish hamda inson huquqlariga rioya qilgan holda profilaktikani rivojlantirish yuzasidan takliflar beradi.
Language: English
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7238734992
FWCI:
Cites: 2
Cited by:
Related to: