Work

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksining 76-moddasi: Tahlil Va Takomillashtirish

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 76-moddasi, ya'ni sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlarni belgilovchi norma tahlil qilingan. Moddaning amaldagi matni formal-yuridik, tizimli va qiyosiy- huquqiy usullar bilan o‘rganilib, unda toʻqqizta noaniqlik va boʻshliq aniqlangan: «qarindosh» tushunchasining ochilmaganligi, «boshqa holatlar» bandi uchun mezonning yoʻqligi, sudgacha boʻlgan bosqichda sud nazorati qarorlarini chiqargan sudyaning maqomi, xalq maslahatchisining takroriy ishtiroki va boshqalar. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi, Iqtisodiy protsessual kodeks, Bangalor tamoyillari va Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi amaliyoti asosida 76-moddaning yangi tahriri taklif etilgan.
Language: English
Subfield: Law
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7238745534
FWCI:
Cites: 2
Cited by:
Related to: