Work

Surxondaryo Viloyatida Altsgeymer Kasalligining Erta Belgilari Va Diagnostika Muammolari: Hududlar Kesimida Tahlil

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu tezisda Surxondaryo viloyatida Altsgeymer kasalligining erta belgilarini aniqlash, birlamchi tibbiy bo'g'inda skriningni yo'lga qo'yish va hududlar kesimida diagnostika muammolarini baholash masalalari yoritiladi. Altsgeymer kasalligi demensiyaning eng ko'p uchraydigan shakllaridan biri bo'lib, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, demensiya bilan yashovchi insonlar soni 2021-yilda dunyo bo'yicha 57 million kishiga yetgan, yangi holatlar esa har yili qariyb 10 millionni tashkil etadi. Altsgeymer kasalligi demensiya holatlarining taxminan 60–70 foiziga sabab bo'lishi mumkin. Surxondaryo viloyatida 2025-yil 1-oktabr holatiga doimiy aholi soni 2 994 070 kishini tashkil etgani, Denov, Qumqo'rg'on, Jarqo'rg'on, Sho'rchi, Sariosiyo, Sherobod va Termiz shahri kabi hududlarda aholining nisbatan ko'pligi erta skrining tizimini hududiy rejalashtirish zarurligini ko'rsatadi. Tezisda kasallikning dastlabki klinik belgilari, diagnostik kechikish sabablari, tumanlar kesimida profilaktik-skrining ustuvorliklari va birlamchi tibbiyot muassasalari uchun amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
Language: English
Field: Medicine
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7238752322
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: