Work

Sun’iy Intellekt Soyasidagi Jinoyat: Yangi Texnologiyalar Sharoitida Jinoiy Javobgarlik Va Kvalifikatsiya Muammolari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida jinoyat huquqida yuzaga kelayotgan yangi muammolar, xususan, sun’iy intellekt vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni kvalifikatsiya qilish, jinoiy javobgarlik subyektini aniqlash, ayb va sababiy bog‘lanish masalalari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, deepfake texnologiyalari, avtomatlashtirilgan firibgarlik, shaxsga doir ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish hamda raqamli dalillarning ishonchliligi bilan bog‘liq muammolar O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi asosida o‘rganiladi. Maqolada sun’iy intellektning mustaqil ravishda jinoyat subyekti sifatida e’tirof etilishi masalasi tanqidiy baholanib, javobgarlikni texnologiyani yaratgan, joriy etgan, boshqargan yoki undan qasddan foydalangan shaxslar o‘rtasida farqlash zarurligi asoslantiriladi. Yakunda milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.
Language: English
Subfield: Law
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7238809351
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: