Work

Voyaga Yetmaganlar Viktimligining Kriminologik Tahlili Va Uning Oldini Olishning Huquqiy Masalalari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Voyaga yetmaganlar oʻz huquqlarini toʻliq himoya qila olmasligi oqibatida jinoyat qurboniga aylanishi holatlari va ularning jinoyatdan keyingi bosqichlarda ikkilamchi viktimizatsiyalanish xavfining yuqoriligi muammosi dolzarblik kasb etmoqda. Ushbu maqola «voyaga yetmaganlar viktimligi» kriminologiyada mavjud odatiy «viktimlik» tushunchasi oʻrtasidagi farqlar va voyaga yetmaganlarning jinoyat qurboniga aylanishiga sabab boʻluvchi asosiy omillarni kompleks tarzda oʻrganishga va poliviktimizatsiya xavfini bartaraf etish yoʻllarini aniqlashga qaratilgan. Unda voyaga yetmaganlar viktimligining Oʻzbekistondagi hozirgi holati va dinamikasi, mavjud huquqiy normalar va nazariy qoidalar tahlil qilinadi, qonunchilikdagi boʻshliqlar va kamchiliklar aniqlanadi hamda xalqaro tajriba asosida takomillashtirish yoʻnalishlari taklif etiladi. Maqola Oʻzbekistonda bolalarni jinoyat va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini rivojlantirish hamda voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish borasidagi saʻy-harakatlarga hissa qoʻshishni maqsad qilgan.
Language: English
Subfield: Law
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7238810407
FWCI:
Cites: 1
Cited by:
Related to: