Work

Hind Tilidagi His-tuyg'u Fe'llarining Leksik-semantik Va Grammatik Xususiyatlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada hind tilidagi his-tuyg'u fe'llarining leksik-semantik va grammatik xususiyatlari yoritiladi. His-tuyg'u fe'llari insonning ichki kechinmalari, ruhiy holati va boshqa shaxslarga yoki hodisalarga nisbatan munosabatini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada hind tilida qo'llanadigan डरना (ḍarnā), घबराना (ghabrānā), शर्माना (sharmānā), हँसना (hãsnā), रोना (ronā), चाहना (cāhnā) kabi fe'llar hamda खुशी होना (khushī honā), पसंद करना (pasand karnā) singari fe'lli birikmalar misolida ularning ma'no xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, hind tilida his-tuyg'uni ifodalashda fe'lning o'zi bilan bir qatorda ot, sifat va yordamchi fe'llar ishtirokidagi tuzilmalar ham faol qo'llanishi ko'rsatiladi. Maqola qiyosiy va tavsifiy tahlil asosida tayyorlangan bo'lib, hind tilini o'rganuvchilar uchun his-tuyg'u ifodalarining mazmuni va qo'llanishini tushunishga yordam beradi.
Language: English
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7238844073
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: