O'zbekistonning Murakkab Ekologik Sharoitlarida Birlamchi Tibbiy-sanitariya Yordamini Tashkil Etishning Zamonaviy Yondashuvlari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Global miqyosda iqlim o'zgarishlari va atrof-muhit degradatsiyasi, xususan O'zbekistonning Orolbo'yi mintaqasidagi ekologik inqiroz va atmosfera havosining ifloslanishi aholi salomatligiga jiddiy tahdid solib, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami (BTSY) tizimiga yuklamani oshirmoqda. Bunday sharoitlarda nafas olish, yurak-qon tomir va allergik kasalliklar kabi kasallanish darajasi ortib, aholining zaif qatlamlari ayniqsa himoyasiz qolmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi murakkab ekologik sharoitlarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda ekologik omillarning (havo, suv, tuproq ifloslanishi, iqlim o'zgarishlari) aholi salomatligiga ko'p qirrali ta'siri hamda BTSYni tashkil etishdagi geografik, infratuzilmaviy va kadrlar bilan bog'liq qiyinchiliklar tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, murakkab ekologik sharoitlar kasallanish darajasini sezilarli darajada oshiradi, vektor orqali yuqadigan kasalliklar tarqalishini kengaytiradi va ruhiy salomatlik muammolarini keltirib chiqaradi. BTSY tizimi kasalliklarning oldini olish va aholini xabardor qilishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Tadqiqot O'zbekiston sharoitlarida ekologik xavflarning salomatlikka ta'sirini kamaytirish uchun BTSYni samarali tashkil etishning integratsiyalashgan yondashuvlarini ishlab chiqish zarurligini ta'kidlaydi.
Language: English
Subfield: Health, Toxicology and Mutagenesis
Field: Environmental Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7238852529
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
