Musulmon Olamidagi Birinchi Sulton, Yohud Mahmud G'aznaviy Hayoti Va Faoliyati
Year: 2026
Type: article
Abstract: Tarix qa'rida qahramon bo'lishga arzigulik yuzlab qo'mondonlar, shohlar, allomalar bor. Eng qadim tariximizga nazar tashlaydigan bo'lsak, el-yurtini yuksaltirishga harakat qilgan Alp Er To'nga siymosining o'ziyoq qanchalar ulug'vor? Maktab darsliklarida Dono To'nyo'quq, Bilga Xoqon, Kultegin kabi ajdodlarimizdan biroz xabar berilgan, biroq ularning siymosi to'la gavdalantirilmagan. Yana bir qahramonimiz-eramizdan avvalgi ikkinchi yuz yillikda yashab o'tgan Botir Tangriqutdir. Chin manbalarida Mete yoki Mode, o'z ona tilida Botir deb atalgan bu kishi birinchi bo'lib muntazam armiya tuzgan, u paytgacha doimiy armiya bo'lmagan, qo'shinni yetti bo'lakka bo'lish (qoravul, yarovul, o'ng qanot, so'l qanot, g'o'l, o'kcha, buxtarma) undan boshlangan va to Zahiriddin Muhammad Bobur zamonasigacha shu tartib saqlanib kelgan. Turkiylarning tajribasi, davlatchiligi va qo'shin tuzish salohiyati asrlar davomida tarix zarvaraqlariga yozildi. Xo'sh tariximizni eng "chalkashtirilgan" va yetarli e'tirof etilmagan hukmdorlaridan biri-Sulton Mahmud G'aznaviy bo'lsa ajab emas. Avvallari Mahmud G'aznaviy qahri qattiq, johil, olimlarni haqorat qilib, zug'um o'tkazgan hukmdorlar sifatida tasvirlangan edi. Aslida esa zamona olimlari va Beruniyning o'zining e'tiroficha, unday bo'lmagan. Sulton bilan Beruniy o'rtasida nafaqat xolisona, balki do'stona munosabat bo'lgan. Abu al-Qosim Mahmud ibn Sobuqtegin 971-yilning 2-noyabrida G'azna shahrida (hozirgi Afg'oniston) tug'ilgan. G'aznaviylar sulolasining nomi ham, mamlakat poytaxti G'azna shahridan olingan. Uning otasi Sobuqtegin, mohir turkiy sarkarda bo'lib, 977-yilda G'aznaviylar davlatiga asos solgan. Mahmudning onasi esa, Zobuliston mintaqasidagi yer egasi, zodagon oiladan bo'lgan fors ayol edi. Ba'zi manbalarda u shuning uchun Mahmud Zobuliy (Zobulistonlik Mahmud) nomi bilan ham atalgan. Mahmudning 32 yillik hukmronligi davrida, uning saltanati hozirgi shimoliy-g'arbiy Erondan Hindiston yarimorolidagi Panjobgacha, Xorazmdan Balujistongacha cho'zilgan yerlarni o'z ichiga olgan edi. Mahmud Nizom ud-Din, Nosil al-Haqq, Sayf ud-Davla, Voliy Amir al-Mo'minin, Kahf uddavla va amin al-milla, Mahmud but sindiruvchi kabi ko'plab unvonlarni xalifadan qabul qilib olgan. Mahmudning shaxsiy hayotiga keladigan bo'lsak, dastlab u Abul Xarat Ahmadning qiziga uylandi va ularning Muhammad va Mas'ud ismli egizak og'illari bo'lgan. Keyinchalik 999-yilda Mahmud qoraxoniylar hukmdori Nasr Ilikxonning qiziga uylanadi. O'z vakillarini Nasr Ilikxonning poytaxti O'zgandga, xonning qizini Mahmud saroyiga olib kelish uchun yuboradi. Mahmudning yetti o'g'il va uch qizi bo'lgan : bular Muhammad, Mas'ud, Sulaymon, Ismoil, Nasr, Ibrohim, Abu Mansur, Abdu Rashid, noma'lum qizi Ziyorid amiri Manuchehrga turmushga chiqqan, Zaynab Qoraxoniylar imperiyasi hukmdori Qodirxonning o'g'li Yag'on teginga turmushga chiqqan va yana bir noma'lum qizi Ziyoriylar sulolasi hukmdori Qobusga turmushga chiqqan. Mahmud o'n besh yoshida dastlab 988-yilda otasi bilan Jaypala o'rtasida bo'lib o'tgan birinchi Lag'mon jangida qatnashadi. 994-yilda otasi Sobuqtegin bilan birga Xurosonni qo'zg'olonchi Foiqdan tortib olishda qatnashadi. Mana shu yurishlardagi faolligi uchun "Sayf ud-davla" (Davlat qilichi) unvonini oladi va Simjuriy o'rniga Xuroson qo'shinlari qo'mondonligiga tayinlanadi. 995-yil aprel oyida Abu Ali va Foiq Nishopurda unga hujum qilib, qo'shinni mag'lub etib, fillari va xazinasini qo'lga kiritdilar. Sobuqtegin Mahmudga yordamga shoshadi va qo'zg'olonchilarni haydab chiqaradi. 996-yilda Qoraxoniylar xoni Iloqxon Buxoroga yurish qilganida, amir Nuhning vaziri Abdulloh Sobuqteginni xafa qilib, davlatining bir qismini berib yuboradi. Sobuqtegin o'rniga Mahmudni 20 ming qo'shin bilan jo'natadi. Uning yo'qligida Abu Ali Simjuriyning ukasi Abulqosim Simjuriy Nishopurni egallab oldi. Sobuqtegin 997-yil avgustda vafot etgach, uning o'rniga o'g'li Ismoil, G'aznaviylar sulolasining hukmdori etib tayinlanadi. Sobuqtegin nima sababdan Ismoilni taxt vorisi etib tayinlagani noma'lum. Bunga Ismoilning onasi, Alpteginning qizi bo'lganligi sabab bo'lishi mumkin. Mahmud qisqa vaqt ichida qo'zg'olon ko'tardi va boshqa ukasi Bust hokimi Abul Muzaffar Nasr yordamida keyingi yili G'azna jangida Ismoilni mag'lub etib, taxtga o'zi chiqadi. 998-yilda Mahmud G'aznaviy otasining o'rniga o'tib, G'aznaviylar hukmronligini Xurosonga kengaytirdi. Somoniylar amiri Mansur u bilan muzokaralar olib bora olmagan. Mahmud 999-yilda Nishopurga bostirib kirdi. 999-yil 2-fevralda Mansur somoniy zodagonlari Begtuzun va Foiq tomonidan o'ldirilib, uning ukasi Ambdulmalik II ni taxtga o'tqazdilar. Mahmud Mansurning o'ldirilish sababini o'z qo'liga oldi va Somoniylarga qarshi chiqdi. Mahmudning Hirot va Balxni egallashini ta'minlovchi qisqa muddatli sulh bitimi tuzildi. Ammo shartnomaga rozi bo'lmagan Doro bin Qobus Mahmud qo'shiniga hujum qilgandan so'ng, mojaro yana davom etadi. Mahmud qo'shinini Marv yaqiniga to'playdi. G'aznaviylar qo'shinida uning ukasi Abul Muzaffar Nasr boshchiligidagi otliqlar va fillar qatnashadi. Shu tariqa Abdulmalik, Abul Qosim, Begtuzun, Foiq qo'shinlari mag'lubiyatga uchraydi. Somoniylar sulolasi Foiqning o'limi va qoraxoniylarning Buxoroga bostirib kirishi bilan barham topadi. Shundan so'ng Mahmud atrofdagi hududlarni egallab, davlatni yana ham kengaytirishga harakat qiladi. 1002 yilda u Sistonga bostirib kiradi va Safforiylar sulolasining so'nggi vakili Xalab I ni taxtdan ag'daradi. Safforiylar sulolasi shu tarzda tugaydi. Yaqin atrofdagi hududlar bo'ysundirilgach, Mahmud asosiy e'tiborini Hindistonga qaratadi. Otasi Hindistonga bir necha yurishlar qilgan edi. Darvoqea Mahmud ham Hindistonga yurish qilishni maqsad qiladi. 1001-1028-yillarda Hindistonga 17 marotaba yurishlar amalga oshiradi. Mana shu yurishlar natijasida u ko'plab butparastlarning ibodatxonalarini vayron qildi va oltin va kumush butlarni buzib tashlab poytaxt G'aznaga olib keldi. Shu davr tarixchilarining yozishicha Mahmud qo'lga kiritgan boyliklarni, insoniyat tarixida hali hech bir hukmdor qo'lga kiritmagan. Uning asosiy maqsadi Hindistonni islomlashtirish edi. So'ng yaxshi qo'shin tuzish va ko'plab boylik orttirish bo'lgan. 1017-yilda Xorazmga ham yurish qilib, uni bo'ysundiradi. O'zining noibi Oltintoshni esa Xorazmga boshqarishga qoldiradi. Ma'mun akademiyasida faoliyat yuritgan Beruniy boshchiligidagi olimlarni esa G'aznaga olib qaytadi. 1008yilda qoraxoniylar Balxga yigirma kilomaetr kirib boradi. Ikki o'rtada jang bo'lib o'tadi. G'aznaviylar qo'shinida fillar bo'lgani qoraxoniylar mag'lubiyatga uchraydi va ancha kuchsizlanib qoladi. Mahmud Hind yurishlari bilan ovvora bo'lgan paytda, Qoraxoniylar yana Xurosonga qo'shin tortadi. Mahmud bu jangda ham g'alaba qozonadi, so'ng, Hindistonga qaytib ketadi. 1025-yilda Mahmud Qoraxoniylar ustiga bostirib keladi va Samarqandni qamal qiladi. Qoraxoniylar xoni Qodirxon jangga shaylanayotganda uni akasi to'xtatadi. Mahmud bilan jang qilishi foydasizligini, baribir undan yutqazishini ukasiga tushuntiradi. Shundan keyin Qodirxon Mahmudni qilich bilan emas, quchoq ochib kutib oladi va Mahmud bilan suhbat uyushtiradi. Ikki o'rtada iliqlik paydo bo'ladi. Shundan keyin Mahmud G'aznaga qaytib ketadi. Mahmud G'aznaviy o'z hukmronligi davrida ilm-fan rivojiga katta ahamiyat bergan. U G'aznani ilm-fan markaziga aylantirgan. Uning atrofda ko'plab olimlar va shoirlar yashab ijod qilgan. Jumladan Beruniy, Bustiy, Firdavsiy, Asjudiy, Bayhaqiy, Manuchehriy, Farruxiy, Daqiqiy, Unsuriy, Kisoiy va boshqalar. Mahmud atoqli shoir Firdavsiyga homiylik qildi, u 20 yil mehnat qilgandan so'ng G'aznaga borib, Mahmudga "Shohnoma"ni taqdim etgan. Mahmud Gang tekisliklari bo'ylab qilgan yurishlari paytida Beruniyni hindlar va ularning e'tiqodlarini tushunish uchun "Hindiston" asarini yaratishga ilhomlantirgan. Mahmud barcha vazirlarni devoniga maslahat bermasdan o'z tayinlagan, lekin vaqtivaqti bilan bunga majbur bo'lgan, chunki dinda musulmonlar barcha masalalarda bir-birlari bilan maslahatlashishlari kerak edi. Lekin u ko'pincha vazirlariga shubha bilan qaragan. Sulton Mahmudning turli idoralarga mas'ul bo'lgan beshta muhim vaziri bo'lgan : 1. Divon-i Vizorat-moliya boshqarmasi 2. Divon-i Ard-harbiy bo'lim 3. Divon-i Risolat-yozishmalar bo'limi 4. Divon-i Shug'l-i Ishrof-i Mamlukat-maxfiy xizmat bo'limi 5. Divon-i Vikolat-maishiy bo'lim U devonning har bir bo'lim ishini shaxsan o'zi nazorat qilgan. Sulton qo'mondoni edi. Uning qo'l ostidagi keyingi eng yuqori lavozim Xuroson qo'mondoni bo'lib, uni ukasi Nasr va Yusuf ketma-ket egallab turganlar. Armiya asosan Movarounnahrdan jalb qilingan va bundan tashqari arablar, afg'onlar, g'uriylar va hindlardan ham jalb qilingan. O'n ot qo'mondoni-Xayl- tosh Yuz ot qo'mondoni-Qoid Besh yuz ot qo'mondoni-Sarhang Qo'shin boshqargan zobit-Hojib Barcha viloyatdagi qo'shinni esa sipohsolor boshqargan. Mahmud davrida sulola o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Otasi Sobuqtegin "amir" unvoni bilaan davlatni boshqargan bo'lsa, Mahmud "Sulton" (hokimiyat) unvoni bilan boshqargan. Bu unvonni musulmon hukmdorlaridan hali hech kim olmagan edi. U Qur'onni yoddan bilgan va musulmon qonun-qoidalaridan yaxshi xabardor bo'lgan. Bayhaqiyning yozishicha, sulton o'z diniy burchlarini ado etishda puxta bo'lgan va muntazam namoz o'qib, Qur'on tilovat qilgan. Ramazon oyida 2,5 % zakot yig'ilib, kambag'allarga sarflangan. U ahli bid'atni lanatlar edi. Sulton Mahmud o'zini "Allohning yerdagi soyasi" deb hisoblagan. U adabiyotning, xususan fors she'riyatining homiysi bo'lgan. O'z saroyida 408 ta olim-u shoirlarni to'plagan. Sultonning o'zi shoir va olim edi. "Tafrid ul-furu" nomli fiqhiy asarning muallifi ekanligi manbalarda aytiladi. Ray va Isfahondan G'aznaga butun kutubxonalarni olib kelgan. U hatto boshqa mamlakat hukmdorlaridan o'z bilimdonlarini G'aznaga yuborishini talab qilgan. O'ttiz ikki yillik hukmronligi davrida islom dinini ulug'lab ko'plab yurushlar qildi. Islomni yoyishni asosiy maqsadiga aylantirdi. Ko'plab qarmatiylar, ismo
Author: Ostonov, Og'abek
Language: English
Topic: Eurasian Exchange Networks
Subfield: History
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7238866316
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
