Elektron Tibbiy Ma’lumotlar Va Sun’iy Intellekt Asosida Adaptiv Klinik Keyslarni Yaratishning Konseptual Modeli
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida talabalarni bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun DMED yagona elektron tibbiy axborot tizimida shakllanadigan statistik ma’lumotlar asosida adaptiv klinik keyslar yaratadigan sun’iy intellekt (SI) platformasining konseptual modeli taklif etildi. Modelning vazifasi talabaning anamnez yig‘ish, differensial tashxis qilish, tekshiruvlarni tanlash va davolash qarorini xavfsiz virtual muhitda mashq qilishiga sharoit yaratishdir. Zamonaviy adabiyotlar, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda funksional modellashtirish asosida olti qatlamli arxitektura ishlab chiqildi, statistik ma’lumotlar manbai, maxfiylik shlyuzi, vaziyatli keys generatori, tekshirilgan klinik bilimlar bazasi, raqamli bemor holatini yangilash mexanizmi va ta’limiy baholash paneli. Talaba tanlagan tashxis yoki muolajadan keyingi o‘zgarishlar generativ modelning erkin javobi sifatida emas, klinik qoidalar, farmakologik cheklovlar va ehtimollik modeli asosida ko‘rsatilishi belgilandi. Haqiqiy bemorning identifikatsiyalovchi ma’lumotlari o‘quv muhitiga uzatilmaydi. Taklif etilgan model real klinik amaliyotning o‘rnini bosmasada, u o‘qituvchi (shifokor) nazorati ostida klinik fikrlashni rivojlantiruvchi simulyatsion vosita sifatida ko‘zda tutiladi.
Institution: Impuls Medical Institute
Language: English
Subfield: Health Informatics
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7238866333
