Work

“o‘tkan Kunlar” Romanida Metaforik Ifodalarning Lingvopoetik Tahlili

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida metaforik ifodalarning lingvopoetik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi metaforani faqat ko‘chma ma’noli birlik sifatida emas, balki badiiy matnning mazmuniy yaxlitligi, qahramonlar ruhiy holati va muallifning estetik pozitsiyasini shakllantiruvchi vosita sifatida tavsiflashdan iborat. Ishda tavsifiy, kontekstual-semantik va lingvopoetik tahlil usullaridan foydalanildi. Metaforik mazmunni aniqlashda so‘zning lug‘aviy ma’nosi, kontekstdagi ma’no ko‘chishi, manba va nishon sohalar o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda birlikning matndagi badiiy vazifasi mezon qilib olindi. Tahlil natijalari metaforik ifodalar inson ruhiyati, muhabbat va iztirob, tabiat hamda ijtimoiy-ma’naviy munosabatlarni obrazli ifodalashga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, tabiat tasvirini har doim ham metafora deb baholash mumkin emasligi, bunday xulosa kontekstual dalil bilan asoslanishi zarurligi ta’kidlanadi.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7238874542
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: