Sharq Mutafakkirlari Qarashlarida Bolalarni Ijtimoiy Faollikka Yo‘naltirishning G‘oyaviy-pedagogik Asoslari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada IX–XVI asrlar Sharq pedagogik tafakkuri namoyandalari (Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Kaykovus, Nosiriddin Tusiy, Yusuf Xos Hojib va Zahiriddin Muhammad Bobur) ilmiy-falsafiy merosida bolalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirishning nazariy-g‘oyaviy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda shaxs kamolotida tug‘ma layoqat (fitrat), ijtimoiy muhit va maqsadli tarbiyaning o‘zaro dialektik birligi qiyosiy-tarixiy hamda germenevtik metodlar yordamida o‘rganilgan. O‘rganilgan klassik manbalar asosida bolalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirishning uch qatlamli konseptual modeli (tug‘ma-tabiiy zamin, axloqiy-tarbiyaviy mexanizm hamda ijtimoiy-amaliy faoliyat) ishlab chiqilgan. Shuningdek, allomalarning tarbiyaviy g‘oyalari zamonaviy psixologik-pedagogik konsepsiyalar (L.S. Vygotskiy, A. Bandura, U. Bronfenbrenner) bilan qiyoslanib, ularni bugungi uzluksiz ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning ilmiy-metodik yo‘nalishlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bolalarda tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda tarixiy-pedagogik merosdan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Language: English
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7238877275
