Bronxial Astma Klinik Belgilari Va Auskultativ Ozgarishlar
Year: 2026
Type: article
Abstract: Bronxial astma (BA) global miqyosda jiddiy sog'liq muammosi bo'lib, uning diagnostikasida klinik belgilar va auskultativ o'zgarishlar muhim ahamiyatga ega. Biroq, BA og'irlik darajasiga qarab auskultativ o'zgarishlarning batafsil tahlili yetarlicha o'rganilmagan. Ushbu tadqiqotning maqsadi BA klinik belgilari va auskultativ o'zgarishlarini og'irlik darajasiga qarab kompleks baholashdan iborat. Tadqiqot PubMed, Scopus va Google Scholar ma'lumotlar bazalarida 2020-2023 yillar oralig'ida nashr etilgan 12 ta ilmiy maqolani tahlil qilishga asoslangan adabiyot sharhi hisoblanadi. Tahlil shuni ko'rsatdiki, BA ning klinik belgilari va auskultativ o'zgarishlari og'irlik darajasiga qarab sezilarli farqlanadi. Engil astmada epizodik hansirash va nafas chiqarish oxirida quruq xirillashlar kuzatilsa, og'ir astmada nafas olishning keskin qiyinlashishi, yordamchi nafas muskullarining ishtiroki va "soqov o'pka" sindromi rivojlanishi mumkin. Spirometrik tekshiruvlarda FEV1/FVC nisbatining pasayishi va bronxodilatator sinamasidan keyin FEV1 ko'rsatkichining 12% dan ortiq yaxshilanishi qayd etilgan. Ushbu topilmalar BA diagnostikasi va og'irlik darajasini baholashda klinik va auskultativ ma'lumotlarning muhimligini ta'kidlaydi, bu esa samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Language: English
Subfield: Pulmonary and Respiratory Medicine
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7239397002
