Work

Tergov Harakatlarini Takomillashtirishning Nazariy-huquqiy Masalalari: Milliy Qonunchilik, Amaliyot Va Xorijiy Tajriba

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligida tergov harakatlarini tartibga solishning nazariy asoslari va amaldagi holati tahlil qilingan. 2019–2026-yillarda qabul qilingan qonunlar, xususan, tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish, ayrim protsessual harakatlarni majburiy videoyozuvga olish, ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish, raqamli dalillar va tergov sudyasi instituti bilan bog‘liq yangiliklar baholangan. Tergov harakati tushunchasi va umumiy qoidalarining qonunda yaxlit belgilanmagani, majburiy videoyozuv doirasining torligi, elektron ma’lumotlarni olish va tekshirish tartibining to‘liq ishlab chiqilmagani, tergovga qadar tekshiruv bosqichidagi noaniqliklar asosiy muammolar sifatida ko‘rsatilgan. Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya va AQSh qonunchiligi, Yevropa inson huquqlari sudi amaliyoti hamda Mendes prinsiplari bilan qiyosiy tahlil asosida Jinoyat-protsessual kodeksiga tergov harakatlarining umumiy qoidalari to‘g‘risidagi alohida bobni kiritish, ushlangan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishni majburiy audio-video qayd etish, elektron ma’lumotlarni ko‘zdan kechirish va nusxalashni mustaqil tergov harakati sifatida belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Language: English
Subfield: Law
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7240061141
FWCI:
Cites: 7
Cited by:
Related to: