Year: 2022
Type: article
Abstract: Kar yoki zaif eshituvchi bolalarni maxsus o‘qitish va ularni tarbiyalash bilan surdopedagogika fani shug‘ullanadi. Kar yoki zaif eshituvchi bolalarni o‘qitish nazariyasi tarixi, fanlarni o‘qitish, ularning maxsus psixologiyasi, talaffuzni va “lab bilan o‘qish”ni o‘rgatish va ularni mehnatga tayyorlash bu sohaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Fanni o‘rganish orqali zaif eshituvchi bolalarda og‘zaki nutq shakllanib boradi, chunki ularga so‘zlar talaffuz qilinganda nutq organlarining harakati o‘rgatiladi. Nutqni takrorlashga o‘rgangan zaif eshituvchilar gapirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, ular maxsus o‘quv alifbosi-daktilologiyasidan foydalanib gapirishlari ham mumkin.
Author: Odiljonova Sarvinoz O'tkir Qizi
Institution: Uzbek State University of World Languages
Language: Uzbek
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W4310694935
