Sanoat Korxonalarining Atrof-muhitga Ta’sirini Baholashda Eia Tizimini Joriy Etishning Xorij Tajribasi
Year: 2024
Type: article
Abstract: Ushbu maqola sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish, turli metodologiyalar, me’yoriy-huquqiy bazalar va global miqyosda qo‘llaniladigan ilg‘or tajribalarni yoritishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu maqolada Yevropa Ittifoqi va Jahon bankining ikkilamchi ma’lumotlaridan foydalangan holda sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha xorijiy tajribalar o‘rganiladi. Tadqiqot atrof-muhitni boshqarishni kuchaytirishga qaratilgan global tendensiyani ko‘rsatadi, Shuningdek, Yevropa Ittifoqida yoqilg‘i iste’moli tendensiyalari tahlili ko‘mirdan foydalanishning sezilarli darajada pasayishi va biomassa iste’molining o‘sishini ko‘rsatadi, bu esa toza energiya manbalariga o‘tishni isbotlaydi. Tadqiqot sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash asoslarini takomillashtirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rag‘batlantirish va sanoatning barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Source: QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Author: J.A.Turgʻunov
Institutions: Kokand University, Kokand State University
Language: Uzbek
Subfield: Management, Monitoring, Policy and Law
Field: Environmental Science
Domain: Physical Sciences
SDG: Climate action
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W4400699764
