Foenículum vulgáre Mill., Coriandrum VA ULARDAN TAYYORLANGAN “AS SURJUM” BIOLOGIK FAOL QO’SHILMANING KIMYOVIY ELEMENTLAR TAHLILI
Year: 2024
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada arpabodiyon va kashnich tarkibidagi kimyoviy makro va mikroelementlar miqdori haqida so‘z boradi. Mineral tarkibini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyati hududida o‘suvchi arpabodiyon va kashnich o‘simligidan namuna uchun sentabr oyida bargi va mevalari yig‘ib olindi. Terilgan namuna salqin sharoitda quritildi. Moddalarning aniqlanishi induktiv bog‘langan argon plazmali emission spektrometrda o‘tkazildi. Ushbu metod oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kalsiy, fosfor, magniy, temir va yod elementlarini aniqlashda qo‘llanildi. Buning uchun tekshirilayotgan moddadan 0,0500-0,500 g analitik tarozida o‘lchab olinib, avtoklavning teflon idishchasiga qo‘yiladi, so‘ngra ustiga tozalangan tegishli miqdordagi konsentrlangan mineral kislotalar quyiladi (azot kislotasi va vodorod peroksidi).
Institutions: Ferghana State University, Ferghana Polytechnical Institute
Language: Uzbek
Topic: Heavy Metals in Plants
Subfield: Analytical Chemistry
Field: Chemistry
Domain: Physical Sciences
SDG: Zero hunger
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W4403567883
