Year: 2025
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada ingliz xalq maqollari tizimida “love” (muhabbat) konseptining lingvokulturologik va semantik jihatdan voqelanishi tahlil etiladi. Tadqiqotda ingliz paremiyalarida muhabbatning his-tuygʻu, axloqiy qadriyat, sadoqat va hayotiy tajriba sifatida ifodalanishi koʻrsatib oʻtilgan. Maqollarda muhabbatning kuchi, aql bilan ziddiyati, vaqt bilan bogʻliqligi hamda insoniy fazilatlar bilan uygʻunligi tahlil qilinadi. Natijada ingliz paremiologiyasida “love” konsepti xalqning dunyoqarashi, madaniy qadriyatlari va hayot falsafasining muhim tarkibiy qismi ekanligi asoslab beriladi.
Author: Mastura Tadjiyeva
Language: Uzbek
Topic: Language and Culture
Subfield: Linguistics and Language
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W4415534331
