Mintaqa Iqtisodiyotini Barqaror Rivojlantirishda Raqamli Transformatsiyaning O‘rni Va Ahamiyati
Year: 2025
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda raqamli transformatsiyaning o‘rni va ahamiyati nazariy hamda metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar sun’iy intellekt, big data, bulutli hisoblash, IoT va elektron platformalarning hududiy iqtisodiy tizimlarga ta’siri o‘rganilib, ularning resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, investitsion jozibadorlikni kuchaytirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli asoslab beriladi. Tadqiqotda mintaqaviy rivojlanishda raqamli transformatsiyaning institutsional, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari integratsiyalashgan yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Olingan natijalar mintaqaviy siyosatni raqamlashtirish orqali hududlararo tafovutlarni kamaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Author: Ulug‘bek Turdiyev
Language: Uzbek
Subfield: Strategy and Management
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W4417527652
