Year: 2025
Type: article
Abstract: Ilmiy bilish rivojlanishi tarixida ilmlar tasnifi masalasi bilan falsafa va uni boshqa fanlarga munosabati orasida doimiy uzviy bogʻliqlik boʻlgan. Oʻrta asrlarda Sharqda koʻplab olimlar ilm-fan deb hisoblagan baʼzi sohalar hozirgi kunda ilm sifatida koʻrilmaydi. Bir guruh olimlar baʼzi bilimlarni ilm-fan deb hisoblagani holda, baʼzilari bu bilimlarni boshqa bir ilmning qism (boʻlimi)lari yoki mavzusi deb hisoblaganlar. Uzoq davr mobaynida bilim, ilm, fan, mavzu, sanʼat tushunchalari aynilashtirildi. Bunga eng avvalo misol sifatida Toshkoʻprizodaning “Mavduot al-ulum” asarini koʻrsatishimiz mumkin. Mazkur maqolada “Mavduot al-ulum” asarida yozilgan “Nazariy falsafa” ilmining tasnifi masalasi muhokama qilingan.
Author: Urolbek Ergashev
Language: Uzbek
Subfield: Philosophy
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7117784530
