Iqtisodiy-matematik Va Ssenariyli Yondashuvlardan Foydalanib Sanoat Rivojlanishini Baholash Va Prognozlash
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mintaqa sanoatining barqaror rivojlanishi zamonaviy iqtisodiyotda murakkab, ko‘p omilli va noaniqliklar bilanbog‘liq jarayon hisoblanadi. Qashqadaryo viloyati sanoati misolida sanoat ko‘rsatkichlarining tarixiy dinamikasi o‘rganilib,chiziqli, eksponensial va kvadratik trend modellari yordamida rivojlanish tendensiyalari aniqlandi. Tadqiqot doirasidaoptimistik, bazaviy va pessimist ssenariylar shakllantirilib, sanoat rivojlanishining ehtimoliy trayektoriyalari baholandi.Olingan natijalar trend va ssenariy prognozlash metodlarining integratsiyalashgan qo‘llanilishi sanoat siyosatinishakllantirishda ilmiy asoslangan, moslashuvchan va risklarni hisobga oluvchi qarorlar qabul qilish imkonini berishiniko‘rsatdi.
Source: MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
Authors: Ulug'bek Turdiyev, Nurafshona Qayumova
Language: Uzbek
Subfield: Economics and Econometrics
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7124300587
