Maktab Yoshidagi Bolalar Ovqatlanishida Mikroelementlar Yetishmovchiligi (temir, Rux, Selen) Bo`lganda Immunitetdagi O`zgarishlar
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maktab yoshi – bu bolalar organizmining jadal o'sishi, psixomotor rivojlanishi va immun tizimining yakuniy shakllanishi bilan kechadigan muhim bosqichdir. Ushbu davrda organizmning to'g'ri rivojlanishi va tashqi muhit omillariga, xususan infeksion agentlarga qarshi samarali himoya qila olishi ko'p jihatdan mikroelementlar bilan ta'minlanganlik darajasiga bog'liq. Temir, rux va selen muhim immunoregulyator mikroelementlar hisoblanib, ularning har biri immun tizimining tug'ma va orttirilgan bo'limlari faoliyatida o'ziga xos, o'rnini bosib bo'lmaydigan rollarni bajaradi [2]. So'nggi o'n yillikda (2015-2025) dunyoning yetakchi ilmiy bazalarida (PubMed, Scopus, Web of Science) chop etilgan keng ko'lamli tadqiqotlar, meta-tahlillar va klinik kuzatuvlar natijalari ushbu mikroelementlarning yetishmovchiligi bolalar immunitetida chuqur va ko'p qirrali salbiy o'zgarishlarga olib kelishini ishonchli tarzda tasdiqlaydi. Temir yetishmovchiligi nafaqat kamqonlikka, balki neytrofillarning fagotsitar faolligi va oksidlovchi portlash qobiliyatining pasayishiga, limfotsitlarning proliferatsiyasining susayishiga va sitokinlar muvozanatining buzilishiga olib keladi , .
Authors: Xaitov, Javohir, Xalilov, Hikmatulla
Language: English
Topic: Trace Elements in Health
Subfield: Nutrition and Dietetics
Field: Nursing
Domain: Health Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7130951663
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
