Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu tadqiqotda mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rniga ta’sir etuvchi asosiy institutsional omillar tahlil qilindi. Xususan, qonun ustuvorligi, korrupsiyani nazorat qilish darajasi, davlat boshqaruvi samaradorligi, tartibga solish sifati, siyosiy barqarorlik hamda jamoatchilik hisobdorligi kabi omillarning mazmuni va ularning xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga ta’siri ilmiy jihatdan o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida institutsional muhitning rivojlanish darajasi mamlakatning investitsion jozibadorligi, iqtisodiy barqarorligi hamda global raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omil ekanligi asoslab berildi. Shuningdek, xalqaro reytinglarda mamlakat pozitsiyasini yaxshilashga xizmat qiluvchi institutsional islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinib, ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqildi.
Source: Nashrlar
Author: Akobirjon Tuxtayev
Language: English
Subfield: Sociology and Political Science
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7148923243
