“z” Va “alfa” Avlod O‘quvchilari Uchun An’anaviy Ta’limning Cheklovlari Va Pedagogik G‘oyalarning Zaruriy Transformatsiyasi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada “X”, “Y”, “Z” va “Alfa” avlodlarning tarixiy-ijtimoiy shakllanish konteksti, psixologik-kognitiv xususiyatlari va o‘rganish uslublari qiyosiy tahlil qilinadi. Avlodlar nazariyasi (N. Howe va W. Strauss), raqamli ona tilida so‘zlashuvchilar kontseptsiyasi (M. Prensky), yaqin rivojlanish zonasi nazariyasi (L.S. Vygotskiy) va ko‘p intellektlar nazariyasi (H. Gardner) kabi xalqaro ilmiy manbalar asosida an’anaviy ta’limning “Z” va “Alfa” avlod uchun yaratayotgan oltita asosiy cheklovlari ochib beriladi: o‘quvchini passivlikka mahkum etish, yagona tezlik va dasturda o‘qitish, faqat yodlashni baholash, intellektual xilma-xillikni inkor etish, tanlov imkonini bermaslik hamda ta’limning hayotiy amaliyotdan uzilishi. Mahalliy pedagogika olimlarining ilmiy xulosalari asosida milliy kontekstdagi muammo va imkoniyatlar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida pedagogik g‘oyalar transformatsiyasining oltita yo‘nalishi – adaptiv ta’lim, loyiha-asosli o‘qitish, formativ baholash, gamifikatsiya, ko‘p formatli raqamli muhit va tanqidiy tafakkur - ilmiy asosda taklif etiladi.
Language: Uzbek
Subfield: Life-span and Life-course Studies
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Keywords: Generation Z, Generation Alpha, Generation X, millennials, generational differences, teaching principles, adaptive education, project-based learning, formative assessment, gamification, digital learning environments, critical thinking, multiple intelligences, Vygotsky's zone of proximal development
SDG: Quality education
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7155166173
