O'zbek Mumtoz Musiqasida Nazira An'analari ("ufori Segoh" Ashulasi Misolida)
Year: 2026
Type: article
Abstract: KIRISH: ushbu maqolada "bastakor" atamasining kelib chiqishi, Xorazm bastakorlik maktabi haqida hamda hofiz, bastakor Azamat Otajonov ijod qilgan "Ufori Segoh" ashulasining tahlili keng yoritib berilgan. MAQSAD: maqolaning asosiy maqsadi — "bastakor" atamasining kelib chiqishini izohlash, Xorazm bastakorlik maktabining o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatish hamda Azamat Otajonov ijodidagi "Ufori Segoh" ashulasini ilmiy tahlil qilish. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda bastakorlik san'atiga oid ilmiy maqolalar, monografiyalar, seminar materiallari va musiqiy asarlar tahlil qilindi. Metod sifatida tarixiy-musikashunoslik tahlili, taqqoslash va amaliy seminar kuzatuvlari qo'llanildi. MUHOKOMA VA NATIJALAR: tahlillar shuni ko'rsatdiki, Xorazm bastakorlik maktabi o'zining naziralar, Qalabandi va Rok turkumlari bilan ajralib turadi. Azamat Otajonovning "Ufori Segoh" ashulasi bastakorlik an'analarini zamonaviy ijro bilan uyg'unlashtirgan holda, musiqiy merosni boyitishga xizmat qilmoqda. HULOSA: bastakorlik san'ati o'zbek musiqa madaniyatining ajralmas qismi bo'lib, Xorazm bastakorlik maktabi va Azamat Otajonov ijodi milliy musiqiy merosni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. "Ufori Segoh" ashulasining tahlili bastakorlik san'atining ilmiy va amaliy jihatdan o'rganilishi zarurligini ko'rsatadi.
Author: Djumaniyazov Umrbek Maxsudovich
Language: Russian
Subfield: Music
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7155228490
