Kuzatuv Tarmog'ida Yer Osti Suvlarining Hisoblangan Parametrlari Va Chegaraviy Shartlarini Geoaxborot Matematik Modellashtirish Asosida Asoslash: Nazariy Tahlil
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada kuzatuv tarmog‘i asosida yer osti suvlari monitoringini yuritishning matematik modeli va gidrogeologik parametrlar hamda chegaraviy shartlarni geoaxborot-matematik modellashtirish orqali asoslash metodologiyasining nazariy asoslari tahlil etiladi. Ishning maqsadi — Darsi qonuni va yer osti suvlari oqimining differensial tenglamasi asosida suvli qatlam parametrlari (filtratsiya koeffitsienti, g‘ovaklik, transmissivlik, zahira koeffitsienti) va chegaraviy shartlarining (Dirichlet, Neumann va Cauchy turlari) ilmiy-uslubiy asoslash prinsiplarini, shuningdek fazoviy ekstrapolyatsiyada Kriging geostatistik usulining qo‘llanilishini yoritishdir. Maqolada inverse-masala shaklidagi parametrlarni kalibrlash yondashuvi, chegaraviy shartlarni geoaxborot qatlamlari asosida avtomatik tayinlash algoritmi hamda modellar ishonchliligini baholashning standart mezonlari (NRMSE, R², Nash–Sutcliffe samaradorligi) nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Yondashuv arid iqlimli mintaqalar uchun tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan uslubiy asos sifatida tavsif etiladi.
Source: IZLANUVCHI
Authors: J.X. Djumanov, G.D. Kabulova, R.P. Jumabayev
Language: English
Subfield: Environmental Engineering
Field: Environmental Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7155389595
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
