“pedagogik Deontologiya” Va “virtual Muloqot Madaniyati” Tushunchalarining Oʻzaro Bogʻliqligi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada pedagogik deontologiya va virtual muloqot madaniyati tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi, ularning nazariy asoslari hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. Raqamlashuv sharoitida ta’limning virtual shakllari kengayib borar ekan, bo‘lajak pedagoglardan kasbiy burch, axloqiy mas’uliyat, hurmat, adolat, maxfiylik va kommunikativ madaniyat asosida muloqot olib borish talab etilmoqda. Maqolada pedagogik deontologiya o‘qituvchi faoliyatining axloqiy-me’yoriy poydevori sifatida talqin qilinib, virtual muloqot madaniyati esa ushbu tamoyillarning raqamli muhitdagi amaliy ifodasi ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, onlayn ta’lim jarayonida yuzaga keladigan kommunikativ muammolar, ularning pedagogik-axloqiy yechimlari va bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda mazkur ikki tushunchaning integratsiyasi bo‘yicha metodik tavsiyalar bayon etiladi. Xulosa sifatida, pedagogik deontologiya va virtual muloqot madaniyati bir-birini to‘ldiruvchi, ta’lim sifati va pedagogik munosabatlar madaniyatini oshiruvchi muhim ilmiy-amaliy yo‘nalishlar ekani ta’kidlanadi.
Author: Oybek Sulaymanbekov
Language: Uzbek
Topic: Values and Moral Education
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7166301121
