Soliq Qarzdorligini Qisqartirish Orqali Korxonalar Moliyaviy Barqarorligini Mustahkamlashning Ustuvor Yo'nalishlari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur tezisda korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda soliq qarzdorligini qisqartirishning ahamiyati, soliq qarzdorligi yuzaga kelishining asosiy sabablari hamda uni kamaytirish orqali korxonalar faoliyatini yanada samarali tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, soliq ma’murchiligini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va korxonalarda moliyaviy boshqaruv tizimini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Author: Payziyev, Xamid
Subfield: Accounting
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7166322262
