Qalmoqir Koni Mis-molibden Rudasining Granulometrik Tarkibi Va Metallarning Yiriklik Sinflari Bo'yicha Taqsimlanishini Tahlil Qilish
Year: 2026
Type: article
Abstract: Qalmoqir mis-porfir konidan olingan rudalarning granulometrik tarkibi hamda asosiy foydali komponentlarningyiriklik sinflari bo‘yicha taqsimlanishi tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida ruda namunalaridagi oltin, kumush, mis,molibden, temir va oltingugurtning granulometrik sinflar bo‘yicha miqdoriy taqsimlanishi aniqlanib, metallarning ochilishxususiyatlari baholangan. Tahlil natijalari rudaning asosiy qismi yirik fraksiyalarda to‘planganligini, shuningdek, maydasinflarda metallarning boyish tendensiyasi kuzatilishini ko‘rsatdi. Molibdenning o‘rtacha miqdori 0,004 % ni tashkil etib,uning asosiy to‘planishi -0,038+0,020 mm yiriklik sinfida kuzatildi. Oltinning maksimal modal cho‘qqisi -0,075+0,053 mmyiriklik sinfiga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Olingan natijalar ruda tarkibini chuqur o‘rganish, maydalashning optimal darajasinitanlash hamda boyitish texnologiyasini ilmiy asoslashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Source: MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
Author: Alisher Samadov
Language: Uzbek
Subfield: Mechanical Engineering
Field: Engineering
Domain: Physical Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7202047985
