Sirdaryo Viloyati Agrolandshaftlarini Baholashda Masofaviy Zonddan Foydalanish
Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya. Ushbu maqolada iqlim oʻzgarishining viloyat agrolandshaftlari va ekotizimlariga ta'sirini GIS hamda masofaviy zondlash yordamida baholash ishlari amalga oshiriladi. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyati misolida 2024-yil holatidagi NDVI (normallashtirilgan differensial vegetatsiya indeksi), NDMI (normallashtirilgan differensial namlik indeksi) va NDSI (normallashtirilgan differensial tuproq shoʻrlanishi indeksi) indekslarining iqlim koʻrsatkichlari bilan bogʻliqligini aniqlashdir. Haroratning oshishi va yogʻingarchilikning kamayishi oʻsimlik qoplamining siyraklashuvi (past NDVI), namlik tanqisligi (past NDMI) va shoʻrlanish maydonlarining kengayishi (yuqori NDSI) orqali landshaft degradatsiyasini kuchaytirayotganini miqdoriy jihatdan koʻrsatib beradi.
Author: Tovbayev, Gofur
Institution: Gulistan State University
Language: Uzbek
Subfield: Ecology
Field: Environmental Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7202267907
