Orolbo'yi Ekstremal Ekotizimlaridan Olingan Maglarda Azot Metabolizmi Potensiali: Qiyosiy Genomik Tahlil
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur tadqiqotda Orolbo'yi ekstremal ekotizimlaridan rekonstruksiya qilingan bakterial metagenomik yig'ilgan genomlarda (MAG) azot almashinuvi bilan bog'liq funksional genlarning tarqalishi qiyosiy genomik tahlil qilindi. Natijada atmosfera azotini fiksatsiyasi, nitratni qaytarish, DNRA hamda denitrifikatsiyaning ayrim bosqichlariga oid genlar faqat ayrim genomlarda aniqlanib, ularning notekis tarqalganligi kuzatildi. Shu bilan birga, to'liq denitrifikatsiya (nosDZ), nitrifikatsiya va anammoks jarayonlariga oid genlar aniqlanmadi. Olingan natijalar Orolbo'yi cho'kindi mikrobiotasida azot almashinuvi asosan anaerob metabolik yo'llar orqali amalga oshishini hamda ushbu jarayonlar mikroorganizmlar o'rtasidagi funksional ixtisoslashuv asosida tashkil topganligini ko'rsatadi
Language: Uzbek
Subfield: Ecology
Field: Environmental Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7203479893
