2026
Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya Mazkur maqolada nekronimlar va ular negizida shakllangan nekrotoponimlarning lisoniy tabiati, vujudga kelish omillari hamda lingvomadaniy xususiyatlari Jizzax viloyati Forish tumani onomastik merosi sifatida atroflicha o‘rganilgan. Tadqiqotda nomshunoslikdagi “nekronim” va “nekrotoponim” tushunchalarining chegarasi nazariy jihatdan aniqlanib, shaxs nomi va sakral dafn obidalarining metonimiya orqali oykonim, oronim hamda gidronimlarga ko‘chish (toponimik konversiya) qonuniyatlari ilmiy asoslangan. Maqolada Forish hududidagi ziyoratgoh va qadamjolar nomlarining leksik-semantik tarkibi, ulardagi diniy-ijtimoiy indikatorlar (ota, eshon, xo‘ja, avliyo, abdal) hamda ularning shakllanish modellari tahlil qilingan. Shuningdek, xalq og‘zaki xotirasidagi rivoyatlar, yozma vaqfnomalar, epigrafik bitiklar, XIX asr sayohatnomalari hamda etnografik ma’lumotlar bilan qiyosiy-tanqidiy jihatdan tekshirilgan. Natijalarda, asosan, Forish nekronimik qatlamida islomiy-tasavvufiy va islomgacha bo‘lgan dunyoqarash sintezidan hosil bo‘lgan o‘ziga xos lisoniy xotira fenomeni yetakchi o‘rin egalashini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot o‘zbek toponimikasining kam o‘rganilgan qatlamlarini tizimlashtirish, hududiy nomlarning etimologiyasini aniqlash hamda mintaqaning tarixiy-madaniy merosini lingvistik jihatdan rekonstruksiya qilishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: onomastika, toponimika, nekronim, nekrotoponim, toponimik konversiya, lingvomadaniyat, lisoniy xotira, indikator, Forish tumani, etimologiya.
Authors: Xakimov, Koshkar, Shokirov, Rakhmatulla
Language: Uzbek
Subfield: Language and Linguistics
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7204129333
