Work

Kichik Lirik Janrlar Taraqqiyoti Va Nomanavislikda Shaxs Tasviri

Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya Ushbu maqolada XIV-XV asrlarda yashab ijod qilgan va turkiy adabiyotni keng ko‘lamda boyishi uchun o‘z hissasini qo‘shgan nomanavis adiblar ijodi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Kichik lirik janrlardan foydalanish bo‘yicha mumtoz adabiyotimizga murojaat qilar ekanmiz, avvalambor, ikki tilda ijod qilish, ya’ni zullisonaynlik an’anasi mavjudligini ko‘rish mumkin. Ba’zi o‘rinlarda forsiy zabonda qo‘llanilgan janrlarni uchratish ham mumkin. Maqolada nomanavis ijodkorlarning asarlarida nafaqat noma janrini uchratish mumkin, balki turli kichik lirik she’riy – qit’a, fard, masnaviy, soqiynoma, hikoyat kabi janrlar qamrab olingan. Shu bilan birga ijodkor o‘z fikrini nafaqat asar (noma)da yoritib bergan, balki kichik lirik janrlar orqali ham fikrini ochib berishga harakat qilgan o‘rinlarni kuzatish mumkin. Bundan tashqari qo‘llanilgan kichik janrlarda tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar ham o‘rin olganligi tahlilga tortilgan. Bu esa asar ko‘lamining boyishi va janrga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Kalit soʻzlar: janr, noma, qit’a, masnaviy, fard, Humo, qofiya, detal (kiprik, ko‘z, lab).
Language: Uzbek
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7204133573
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10