Work

Tahdidning Diskursiv-pragmatik Mazmuni

Year: 2026
Type: dataset
Abstract: Mazkur maqolada tahdid nutqiy aktining kommunikativ-pragmatik va lingvistik xususiyatlari nutq aktlari nazariyasi doirasida tahlil qilinadi. Tahdid J. Searl tasnifiga ko‘ra komissiv, direktiv hamda ayrim holatlarda ekspressiv nutqiy aktlar bilan bog‘liq holda yoritiladi. Tadqiqotda tahdidning bevosita va bilvosita, eksplisit va implitsit ifodalanish shakllari hamda ularning illokutiv xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tahdidning nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad, diskurs, adresant va adresatning psixoemotsional holati bilan bog‘liqligi asoslab beriladi. Tahdidni ifodalashning asosiy struktur-semantik modellari hamda uning pragmatik ta’sir mexanizmlari tahlil etiladi.
Language: Uzbek
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7204197703
Cites:
Cited by:
Related to: 10