Ko'pik Shisha Bilan Modifikatsiyalangan Quruq Aralashmali Ko'pikbetonning Fizik-mexanik Xossalarini Tadqiq Etish
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Annotatsiya: So‘nggi yillarda Mamlakatimizda turar-joy va fuqarolik qurilishida energiya tejamkor va yengil devor materiallariga bo‘lgan talab ortib bormoqda, bu esa g‘ovakli betonlardan foydalanish ko‘lamining kengayishiga olib kelmoqda. Mazkur ishda zichligi 450 kg/m³ bo‘lgan quruq aralashma asosida tayyorlangan avtoklavsiz ko‘pikbetonning siqilishga mustahkamligini oshirish jarayoniga ko‘pik shishaning fraksion tarkibi ta’siri tadqiq etildi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, ko‘pikbetonni ko‘pik shisha bilan modifikatsiyalash uning fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilash, mustahkamlikka erishish tezligini oshirish hamda mahalliy qurilish sharoitlari uchun samarali texnologik yechim hisoblanadi
Institution: Tashkent State Transport University
Language: Uzbek
Subfield: Civil and Structural Engineering
Field: Engineering
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7204198764
