Work

Tomchilatib sug'orish texnologiyasini g'o'za o'simligini sug'orishda qo'llash

Year: 2024
Type: other
Abstract: ANNOTATSIYASurxondaryo viloyatining och tusli yengil qumoq tuproqlari sharoitda, sizot suvlarining sathi1,5-2,0 m boʻlgan sharoitida gʻoʻza ekilgan tajriba dalasida tomchilatib sugʻorish qoʻllanilgandatuproqning sugʻorishdan oldingi namligi ChDNSga nisbatan 70-85-65% boʻlganda, gʻoʻza 0-4-0sxema boʻyicha 4 marotaba sug'orildi. Gʻoʻza unib-chiqishdan gullashgacha davrida sugʻorilmadi,gullash-koʻsak tugish davrida 616-651 m³/ga sugʻorish meyorlari bilan gʻoʻza toʻrt marotabasugʻorildi, mavsumiy sug'orish me'yorlarii - 2521-2537 m³/ga. ni tashkil qildi yoki nazoratvariantiga nisbatan 1594-1633 m³/ga sugʻorish suvi tejaldi. Boshqa sugʻarish usulariga qaragandatomchilatib sugʻorishning istiqbolli ta'siri va bu sugʻorish texnologiyasini gʻoʻzaning oʻsib,rivojlanishi va hosildorligiga ta'sirini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tajribalari natijalari keltiriladi. Tayanch soʻzlar: texnalogiya, cheklangan dala nam sigʻimi (ChDNS), sugʻorish namlik,sug'orish texnikasi, vegetatsiya davri, gʻoʻza, hosildorlik, fenologik kuzatuvlar, sizot suvlar,agrotexnika, suv tejash texnologiyalari, tomchilatib sug'orish, mavsumiy sug orish me'yori.
Language: Uzbek
Subfield: Soil Science
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7204207022
Cites:
Cited by:
Related to: 10