Work

Ural Qizilmiyasi (glycyrrhiza Uralensis Fisch) O'simligida Barglar Yuzasining Shakllanishiga Mineral O'g'itlar Me'yorlari Va Biostimulyatorlar Qo'llashning Ta'siri

Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Maqolada ural qizilmiyasi (Glycyrrhiza uralensis Fisch) o‘simligi urug‘larini ekish oldidan po‘stlog‘i buzilib (skarifikatsiya qilinib), 36 soat mobaynida iliq suvda ivitish hamda mineral o‘g‘itlarning turli me’yorlari fonida biostimulyatorlar bilan urug‘lariga ekish oldidan, o‘simlik hayotining birinchi, ikkinchi va uchinchi yillari shoxlanish va gullash davrlarida bargi orqali ishlov berilishi o‘simlikdagi barglar yuzasiga ta’sir ko‘rsatishiga oid ma’lumotlar keltirilgan. O‘simlikdagi barglar yuzasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar mineral o‘g‘itlarning N100 P140 K80 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonda Tandem stimulyatori bilan ekish oldidan urug‘larga 400 ml/t, o‘simlik hayotining birinchi, ikkinchi va uchinchi yillari shoxlanish davrida 300 ml/ga, gullash davrida 500 ml/ga me’yorlarda ishlov berilganda kuzatilib, o‘suv davri oxirida bir gektar maydonda shakllangan barglar yuzasi hayotining birinchi yili 54,5 ming m2/ga, ikkinchi yili 56,6 dona/o‘simlik, uchinchi yili 59,6 ming m2/ga ni tashkil etgan.
Subfield: Plant Science
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204238060
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10