Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Anotatsiya: Ushbu tezis refleksiv fikrlash jarayonlarini rivojlantirishda savol-javob metodikasining nazariy va amaliy ahamiyatini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Mazkur metodika o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni, o‘zini anglashni va bilimlarni mustahkamlashni rag‘batlantirish mexanizmlarini shakllantirishda samarali vosita sifatida qaraladi. Tezisda savol-javob metodikasining pedagogik printsiplari, uni zamonaviy ta’lim jarayoniga integratsiyalash imkoniyatlari va o‘quv jarayonida yuzaga keladigan muammolar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, savol-javob metodikasirefleksiv fikrlashni faollashtirish orqali o‘quvchilarning kognitiv va metakognitiv qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
Author: Usmanova E’zoza Zokirjonovna
Institution: Namangan State University
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204259987
