Work

Qoraqalpog‘iston Sharoitida Tuproq Suv Oʻtkazuvchanligiga Kompostlarning Ta’siri

Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Shoʻrlangan tuproqlarda suv oʻtkazuvchanlik jarayoni ekinlarning rivojlanishi va hosildorligiga bevosita ta’sir etuvchi muhim omillardan biridir. Maqolada shoʻrlangan yerlarda turli tarkibdagi organo-mineral kompostlarning tuproq suv rejimiga ta’siri sharhlangan. Kompost tarkibidagi organik moddalar, glaukonit agrorudasi va shirinmiya chiqindilarining uygʻunlashuvi tuproq strukturasini yaxshilab, gʻovaklikni oshirishga xizmat qildi. Natijada suvning infiltratsiya tezligi ortib, shoʻrning yuvilishi hamda tuproqning meliorativ holati yaxshilanganligi aytib oʻtilgan. Bundan tashqari, organo-mineral kompostlar shoʻrlangan yerlarda tuproq suv oʻtkazuvchanligini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda ekinlar uchun qulay agroekologik sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Language: Uzbek
Subfield: Soil Science
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204264557
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10