O‘quvchilarda O‘qish Savodxonligi Va Mustaqil Insho Yozish Malakalarini Rivojlantirish Metodikasi
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Zamonaviy jamiyatda axborotni to‘g‘ri anglash, tahlil qilish va uni yozma shaklda aniq hamda izchil ifodalash ko‘nikmalari har bir shaxs uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada o‘zbek tili ta’limida o‘qish savodxonligini oshirish bilan bir qatorda, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv asosida insho yozish malakalarini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Matn bilan ishlash, uni tahlil qilish hamda yozma nutqni bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali metod va usullar, shuningdek tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirish yo‘llari tavsiflanadi.
Author: Sh.Polvanova
Language: Uzbek
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: gold
OpenAlex ID: W7204276705
